Xiva shahri Qiyot mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-01-16 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun Xiva shahri Qiyot mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari M. Atajanov, ishchi guruh a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari va ma’naviyat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, shuningdek, maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuvda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlarning mazmuni va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir yakunida berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, islohotlarning joylardagi ijrosi bo‘yicha taklif va fikrlar tinglandi.








