E’LON – Yangi yil tadbirlari davrida vaqtinchalik yo‘l cheklovi!
2025-12-11 09:15:00 / Yangiliklar
Xiva shahrida Yangi yil bayram tadbirlari munosabati bilan Arda Khiva Turizm majmuasiga kiruvchi yo‘llarda transport harakati 2025-yil 11-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, majmua atrofida 100–150 metr masofada vaqtinchalik avtoturargohlar tashkil etiladi. Cheklovlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy etilmoqda. Haydovchilardan belgilangan yo‘nalishlarga rioya qilish va vaqtinchalik avtoturargohlardan foydalanish so‘raladi.
