Xiva shahrida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida maktablarda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
2025-12-10 13:25:00 / Yangiliklar
Xiva shahar IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan M. Rejabova hamda shahar Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i L. Atajanova tomonidan Angarik mahallasida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va erkinliklar kafolatlari to‘g‘risida”, shuningdek “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. O‘quvchilarga zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy himoya mexanizmlari hamda murojaat qilish tartibi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida mavzuga oid bukletlar tarqatildi hamda videoroliklar namoyish etildi.




