Xiva shahrida joylashgan idora-tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot-ma’rifiy tadbirlar davom ettirilmoqda.
2025-12-06 14:55:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbirlar aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, turli zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda sog‘lom dunyoqarashni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvlar davomida mutasaddilar tomonidan ma’rifat, bilim va tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, jaholatning salbiy oqibatlari hamda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari shahar hududidagi muassasalarda belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.


