Xiva shahrida Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
2025-12-05 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan, shuningdek “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida Xiva Turizm va madaniy meros texnikumida keng qamrovli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayoti, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, huquqiy davlat barpo etishdagi ahamiyati bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi. Shuningdek tadbir doirasida:
- madaniy-ma’rifiy taqdimotlar,
- kitobxonlikni targ‘ib etuvchi “Zakovat” intellektual o‘yinlari,
- konstitutsiyaviy savol-javoblar,
- qiziqarli viktorinalar,
- yarmarka va ko‘rgazmalar ham o‘tkazildi. Tadbir yakunida:
- faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi,
- voyaga yetgan yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. Mazkur tadbir yoshlar ongida Vatan, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.






