“Maromiylik” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
2025-11-21 15:50:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda jamiyatimizda ortiqcha isrofgarchilik, dabdababozlik, shuhratparastlik va meʼyorni saqlamaslik holatlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, oilaviy tadbirlar, to‘y va marosimlarning haddan ziyod dabdabali o‘tkazilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatlarni shakllantirmoqda.

Shu munosabat bilan bugun shahar faollari, nuroniylar va mahalla vakillari ishtirokida to‘y va marosimlarni tartibga solish mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda aholining ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, milliy qadriyatlarni asrash hamda maromiylik madaniyatini keng targ‘ib qilish borasida taklif va fikrlar bildirildi.





