YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM
2026-10-22 10:00:00 / Yangiliklar

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM
Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, bugun Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, tuman hokimi Umidjon Adizov, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Xatirchi tumani Madaniyat markazida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI



