"BYUROKRATIYASIZ O‘ZBEKISTON"
2026-10-16 12:40:00 / Yangiliklar

🇺🇿 "BYUROKRATIYASIZ O‘ZBEKISTON" JAMOATCHILIK TASHABBUSI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PF-68-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 21-sentabrdan 20-noyabrga qadar mamlakatimizda "Byurokratiyasiz O‘zbekiston" jamoatchilik tashabbusi amalga oshirilmoqda.
Tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklarni oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mazkur tashabbus doirasida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari hamda mavjud muammolarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Maqsad — ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, sodda, tezkor va qulay davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish!
Tashabbusni o‘tkazish tartibi
