TUMAN HOKIMINING QABULI
2026-10-13 11:00:00 / Yangiliklar
Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Hamid Rahmatullayev bilan birgalikda fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

TUMAN HOKIMINING QABULI
Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Hamid Rahmatullayev bilan birgalikda fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, ishga joylashish, ijtimoiy yordam, davolanish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar tegishli mutasaddi tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Tuman hokimi har bir murojaatni qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda!
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI






