UYSHUN MAHALLASI XOTIN-QIZLARI UCHUN BIZNES-SAYOHAT TASHKIL ETILDI
2026-09-25 17:00:00 / Press-relizlar

🟢 UYSHUN MAHALLASI XOTIN-QIZLARI UCHUN BIZNES-SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Xatirchi tumanida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va daromadli faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
📌 Tuman hokimi Umidjon Adizovning 2026-yil 24-sentabr kuni Uyshun mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida bildirgan taklif va tashabbuslariga asosan, bugun mahalladagi bir guruh xotin-qizlar uchun biznes-sayohat tashkil etildi.
👩💼 Sayohat davomida xotin-qizlar:
🔹 Mustaqillik mahallasidagi “Navoiy Fayzkon Tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi;
🔹 Mirdosh mahallasida mayizni qayta ishlash orqali daromad olayotgan tadbirkorlar faoliyatini o‘rgandi;
🔹 Chechakota mahallasida qurt mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, yuqori daromadga erishayotgan xonadonlar tajribasi bilan yaqindan tanishdi.
🎯 Mazkur biznes-sayohatning asosiy maqsadi — Uyshun mahallasidagi ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, yangi kasb va faoliyat turlariga qiziqtirish, mavjud xomashyo va mahsulotlarni qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish hamda daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘mak berishdan iborat.
💡 Sayohat davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mahsulotni qayta ishlash, tayyor mahsulot yaratish va uni bozorga chiqarish bo‘yicha amaliy tajribalar namoyish etildi.
🤝 Maqsad — har bir xotin-qizga yangi imkoniyat yaratish, bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga ko‘maklashish.









