E'lon! Hurmatli Xatirchi tumani fuqarolari va tumanimiz mehmonlari!
2026-08-19 18:00:00 / Majlislar

Hurmatli Xatirchi tumani fuqarolari va tumanimiz mehmonlari!
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta'minlash maqsadida Xatirchi tumani hokimi hamda hokim o‘rinbosarlarining Xalq qabulxonasidagi shaxsiy qabullari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
✅ Adizov Umidjon Hasanovich – Xatirchi tumani hokimi;
Qabul kunlari va vaqti: Har hafta seshanba kuni, soat 08:00 – 11:00
✅ Baxriddinov Ulug‘bek Baxriddinovich – tuman hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i;
Qabul kunlari va vaqti: Har hafta chorshanba kuni, soat 08:00 – 11:00
✅ Abdullayev Madamin Najimovich – tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Qabul kunlari va vaqti: Har hafta chorshanba kuni, soat 08:00 – 11:00
✅ Chiniqulov Javlon Xudoyqul o‘g‘li – tuman hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal
xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Qabul kunlari va vaqti: Har hafta payshanba kuni, soat 08:00 – 11:00
✅ Yusupov Abdumalik Abdurasulovich – tuman hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i;
Qabul kunlari va vaqti: Har hafta juma kuni, soat 08:00 – 11:00
📍 Manzil: Xatirchi tumanidagi Xalq qabulxonasi binosi.
Fuqarolardan qabulga belgilangan vaqt va tartib asosida kelishlari so‘raladi. Murojaatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
