Kitobxonlik
2026-08-15 18:00:00 / Yangiliklar

Kitobxonlik
📚 Umummilliy birdamlik bog‘ida ijodkorlar jam bo‘ldi
Xatirchi tumanidagi "Umummilliy birdamlik bog‘ida" “Yagona Vatan va umumiy kelajak sari!” shiori ostida tuman Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan “Do‘stlik adabiyoti haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Madamin Abdullayev, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Ma’rufjon Mahmudov, “Do‘stlik bayrog‘i” va "Знамя дружбы" gazetalari bosh muharriri Boboqand Umarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Xudoyberdi Mamadiyorov, ijodkorlar, kitobxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy qismi Xatirchi tumanida tug‘ilib, ijod qilayotgan yozuvchi Mastura Abduraim qizi bilan o‘tkazilgan ijodiy suhbatga bag‘ishlandi. Unda ijodkorning ijodiy yo‘li, asarlarining yaratilish jarayoni, kitobxonlik madaniyati va zamonaviy adabiyotning o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ijodkorning “Telba falsafalar”, “Istisno” hamda “Farishta qanotlari ostida” asarlari taqdimoti o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar bilan fikr almashildi.
Tadbir davomida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Adabiyot — qalblarni birlashtiradi, do‘stlik va birdamlik esa jamiyatni yanada mustahkamlaydi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI






