30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
2026-07-27 18:55:00 / Yangiliklar

30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
📅 Joriy yilning 27-iyul kuni 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Xatirchi tumanidagi "Umummilliy birdamlik" bog‘ida tuman Madaniyat bo‘limi, Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.
🤝 Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va do‘stlik qadriyatlarini keng targ‘ib etish, fuqarolar o‘rtasida birlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🎭 Bayram dasturi davomida madaniy-ma’rifiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, badiiy kompozitsiyalar hamda do‘stlik va hamjihatlikni ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi tadbirdan iliq taassurotlar oldilar.
🇺🇿 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtimizda tinchlik, ahillik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, bag‘rikenglik va do‘stlik tuyg‘ularini kamol toptirishga xizmat qiladi.
✨ Do‘stlik — tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevoridir!
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI





