Xatirchilik fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
2026-06-17 10:00:00 / Yangiliklar

📌 Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining sayyor qabulida qatnashgan xatirchilik fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Azat Damirovich Tasbayevning Xatirchi tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Jumladan, 16 yoshga to‘lganligi munosabati bilan ID-karta rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan quyidagi fuqarolarning murojaatlari o‘z joyida ko‘rib chiqildi:
🔹 Xazratova Shodiyona Zoirjon qizi
🔹 Abduxalimov Asomiddin Ural o‘g‘li
🔹 Alisherov Nodirjon Alisher o‘g‘li
🔹 Yusupov Abdullo Saydulla o‘g‘li
Mazkur murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF–6065-sonli “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga muvofiq ko‘rib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda ularning murojaatlari o‘z joyida ijobiy hal etildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga qulaylik yaratish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
