📢 DIQQAT, TADBIRKORLAR VA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI!
2026-06-16 09:00:00 / Majlislar
📢 DIQQAT, TADBIRKORLAR VA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish” mavzusida seminar tashkil etiladi.
📍 Xatirchi tumanida seminar o‘tkaziladi
🗓 Sana: 2026-yil 17-iyun, soat 10.30
🏢 Manzil: Xatirchi tumani Bog‘ishamol MFY, 18-sonli maktab
Seminarda barcha tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa yosh tadbirkorlar, faoliyat boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar, shuningdek tegishli muammolar sababli faoliyatini to‘xtatgan, tugatgan va yuridik manzilini boshqa hududga ko‘chirgan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Seminar davomida quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar beriladi:
✅ Kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar;
✅ Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
✅ Imtiyoz va preferensiyalar;
✅ Moliyalashtirish va kreditlash imkoniyatlari;
✅ Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
Barcha tadbirkorlar va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi fuqarolarni seminarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
