E'lon!
2026-06-09 13:00:00 / Majlislar
HAR BIR TADBIRKOR – YURT TARAQQIYOTINING KUCHLI TAYANCHI
❗️Xatirchi tumani tadbirkorlari diqqatiga
↪️Joriy yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da Xatirchi tumani hokimligi binosida tuman hokimi Umidjon Adizov, tuman prokurori, tuman IIB va DSI boshliqlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkaziladi.
↪️Mazkur uchrashuvda tadbirkorlik sub’yektlarining muammolari va takliflari tinglanadi, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanishi rejalashtirilgan.
↪️Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha fuqarolarni ushbu muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
📍Manzil: Xatirchi tumani hokimligi katta majlislar zali
🩶Boshlanish vaqti: Soat 10:00
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
