Xatirchi tumanida g‘alla yig‘im-terim mavsumi boshlandi
2026-06-08 10:50:00 / Yangiliklar
Xatirchi tumanida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘allani yig‘ib olish mavsumiga start berildi.

🌾 Xatirchi tumanida g‘alla yig‘im-terim mavsumi boshlandi
Xatirchi tumanida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘allani yig‘ib olish mavsumiga start berildi.
Mavsum oldidan tuman don qabul qilish maskanida zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, texnika va jihozlarning shayligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, nuroniylar, faollar hamda g‘alla yig‘im-terimida ishtirok etadigan mas’ullar uchun dasturxon yozildi. Tadbir davomida nuroniylar tomonidan yurtimiz tinchligi, el-yurt farovonligi va mavsumning barakali o‘tishi tilab duolar qilindi.
🚜🌾 G‘alla yig‘im-terim mavsumiga jalb etilgan barcha mehnatkashlarga omad va zafarlar tilaymiz!
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI
AXBOROT XIZMATI


