🌙 Xatirchi tumanida Qurbon hayiti namozi yuqori saviyada o‘tkazildi.
2026-05-27 05:00:00 / Yangiliklar
🕌 Asosiy Qurbon hayiti namozi “Shayx Gadoy selkin” jome masjidi hududida o‘qildi. Mazkur tadbirda tuman aholisi, nuroniylar, diniy soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdi.

🌙 Xatirchi tumanida Qurbon hayiti namozi yuqori saviyada o‘tkazildi.
🕌 Asosiy Qurbon hayiti namozi “Shayx Gadoy selkin” jome masjidi hududida o‘qildi. Mazkur tadbirda tuman aholisi, nuroniylar, diniy soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, davlatimiz ravnaqi hamda har bir xonadonga baraka va fayz yog‘ilishi uchun duolar qilindi.
Ma'lumot uchun: Qurbon hayiti namozlari tumandagi 27 ta masjidlarda ham belgilangan tartibda, osoyishtalik va tartib-intizom asosida o‘qildi.




