Muborak ayyom arafasida mehr-muruvvat tadbirlari: 1915 ta oilaga bayram sovg‘alari yetkazilmoqda
2026-05-27 12:20:00 / Yangiliklar

Muborak ayyom arafasida mehr-muruvvat tadbirlari:
1915 ta oilaga bayram sovg‘alari yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xatirchi tumanida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qurbon hayiti bayrami arafasida hududdagi ehtiyojmand oilalar, yakka-yolg‘iz yashovchi fuqarolar va bemorlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak berish maqsadida 1915 ta oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan bayram qutilari tayyorlandi.
Bugun tuman markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Umidjon Adizov va mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.
Tuman rahbari barchani kirib kelayotgan ulug‘ ayyom bilan tabriklab, ushbu bayram sovg‘alari ro‘yxatdagi har bir xonadonga bayramgacha to‘liq yetkazib berilishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.





