Xatirchilik kurashchilardan yirik g‘alaba!
2026-05-26 18:00:00 / Yangiliklar

🏆 Xatirchilik kurashchilardan yirik g‘alaba!
26-may kuni erkin va ayollar kurashi bo‘yicha "Prezident Olimpiadasi"ning viloyat bosqichi yakunlandi. Unda Xatirchi tumani polvonlari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi!
🥇 1-o‘rin (Oltin):
• Talgatov Samir (38 kg)
• Alimxonov Behruz (41 kg)
• Rahmatjonov Temur (44 kg)
• Rashayev Aziz (48 kg)
• Oblaqulov Kamoliddin (57 kg)
• To‘xtamurodov Doniyor (85 kg)
🥈 2-o‘rin (Kumush):
• Gulmira (36 kg)
• Sagdullayev Ozod (38 kg)
🥉 3-o‘rin (Bronza):
• Dilmurodov Bobir (48 kg)
• Ismoilova Madina (50 kg)
• Oydinjonov Nurali (62 kg)
Sportchilarimizni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar Z.Sattorov, O.Qodirov va I.Ilhomovlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🚀 Muhim: 1-o‘rinni egallagan polvonlarimiz endi musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etishadi.
Sportchilarimizga omad tilaymiz!



