“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!”
2026-05-25 08:00:00 / Yangiliklar

“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!”
Bugun Xatirchi tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
📚 Joriy o‘quv yilida tumanimizdagi maktablarni 2 409 nafar bitiruvchi tamomlab, katta hayot sari ilk qadamlarini qo‘ymoqda.
🏅Joriy yilda 1 120 nafar o‘quvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. 32 nafar bitiruvchi esa test sinovlarida eng yuqori — 189 ballik natijani qayd etdi.
Tuman hokimi Umidjon Adizov 22-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda fan olimpiadasining respublika bosqichida II o‘rinni egallagan 22-maktab o‘quvchisi Nigora Murodullayeva tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.
✨ Aziz bitiruvchilar!
Sizlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotining ishonchli tayanchisiz. Sizlarga ulkan zafarlar, omad va yorqin kelajak tilaymiz!
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI





