Xatirchida yangi xalqaro ta’lim loyihasi: Xitoylik investorlar bilan hamkorlik
2026-05-19 10:00:00 / Yangiliklar

Xatirchida yangi xalqaro ta’lim loyihasi: Xitoylik investorlar bilan hamkorlik
Bugun tuman hokimi Umidjon Adizov Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan Wenxuan kasb-hunar kolleji vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu nufuzli ta’lim muassasasi “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida O‘zbekiston, xususan, Xatirchi tumanida xorijiy ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Kelgusidagi rejalar: Tumanimizda zamonaviy standartlar asosida ta’lim muassasasini ochish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yangi o‘quv dasturlarini joriy etish.
Hamkorlik doirasida aniq kelishuvlarga erishish va loyihani tez fursatlarda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muzokaralar davom etadi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


