“Men uchun” emas, “mahallamiz uchun” degan qarash kuchaymoqda
2026-05-17 10:00:00 / Yangiliklar

“Men uchun” emas, “mahallamiz uchun” degan qarash kuchaymoqda
🟦Navoiy viloyati hokimi Xatirchi tumanidagi “Amir Temur” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🟦Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasidagi muammolarni bartaraf etish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. E’tiborlisi, murojaatlar shaxsiy manfaat emas, balki mahalla manfaati uchun bo‘ldi.
✅Bugun odamlar “menga” degan qarashdan “mahallamizga” degan fikrga o‘tayotgani — eng katta o‘zgarish. Bu esa jamiyatda fuqarolik pozisiyasi, daxldorlik va birdamlik kuchayib borayotganining yaqqol ifodasidir.
✅Uchrashuv davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
👥 El dardini eshitish, muammolarni joyiga chiqib hal qilish — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ko‘rinishi.М



