🥇 XATIRCHILIK OSIYO CHEMPIONI!
2026-05-14 14:40:00 / Yangiliklar
Kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

🥇 XATIRCHILIK OSIYO CHEMPIONI!
Kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
🥊 Kunning ilk jangidayoq hamyurtimiz, xatirchilik Odina Yusupova (-33 kg vazn toifasida) hindistonlik Akshitaga qarshi ringga ko‘tarildi.
⚡️ Shiddatli va murosasiz kechgan to‘qnashuvda Odina o‘zining irodasi va mahoratini ko‘rsatib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi!
G‘alaba muborak bo‘lsin! Yurtimiz bayrog‘i balandlarda hilpirayversin! 🇺🇿
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI



