XATIRCHI TUMANIDA PREZIDENTIMIZNING QARORLARI IJROSI SARHISOB QILINDI
2026-05-01 10:00:00 / Majlislar

XATIRCHI TUMANIDA PREZIDENTIMIZNING QARORLARI IJROSI SARHISOB QILINDI
Xatirchi tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi Umidjon Adizov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosining joriy yil 1-choragi yakunlari atroflicha tahlil qilindi.
Tadbirda tuman prokurori Faxriddin Norov, mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalar:
🔹 Kriminogen vaziyat tahlili: Tumandagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rildi.
🔹 Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini takomillashtirish.
🔹 Manzilli choralar: Har bir mahalla kesimida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tuman hokimi tomonidan mazkur qarorlarida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




