Xatirchi tumani markaziy o‘yingohida bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
2026-04-26 14:00:00 / Yangiliklar

Xatirchi tumani markaziy o‘yingohida bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xatirchi tumani markaziy o‘yingohi har qachongidan ham gavjum va shukuhli bo‘ldi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansamblining keng qamrovli konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbirda ona Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va ansambl xonandalarining diltortar chiqishlari yig‘ilganlarga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi. Ayniqsa, vatanparvarlik ruhidagi taronalar yoshlar va tuman aholisida katta taassurot qoldirdi.
Ushbu konsert dasturi tumandagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash hamda aholining madaniy saviyasini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI






