XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM: XATIRCHI VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMI INTEGRATSIYASI
2026-04-23 14:00:00 / Yangiliklar

🌍 XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM: XATIRCHI VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMI INTEGRATSIYASI
Avvalroq Germaniyaning Dortmund shahrida joylashgan “Gertrud-Bäumer-Realschule” maktabi direktori Suzanne Kieper xonim rasmiy tashrif bilan Xatirchi tumaniga kelganligi haqida xabar bergan edik.
Bugun tuman hokimi Umidjon Adizov germaniyalik mehmon bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🎓 Amaliy seminar: Zamonaviy yondashuvlar va tajriba
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, Suzanne Kieper hamda tumanimizdagi ta’lim muassasalarining ilg‘or nemis tili fani o‘qituvchilari ishtirokida mahorat darsi va amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
Sun’iy intellekt ta’limda: O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini samarali joriy etish;
Kasb-hunarga yo‘naltirish: Yoshlarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash va maktab davridanoq kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish;
Tizimlararo bog‘liqlik: Germaniya va O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘xshashliklar hamda o‘zaro integratsiya masalalari.
Ushbu hamkorlik Xatirchi tumanida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish va xalqaro tajribalarni keng qo‘llashga xizmat qiladi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




