Muloqot
2026-04-11 10:00:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Xatirchi tumanida tadbirkor ayollar bilan uchrashdi.

Xatirchida tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Xatirchi tumanida tadbirkor ayollar bilan uchrashdi.
Pedagogika texnikumida bo‘lib o‘tgan muloqotda rais ayollarning hayoti, faoliyati va muammolari bilan yaqindan tanishib, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi. Eng muhimi, ayollarning fikrlari tinglanib, ularning tashabbus va takliflariga alohida e’tibor qaratildi.




