Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Xatirchi tumaniga tashrif buyurdi
2026-04-11 10:00:00 / Yangiliklar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Alimdjanovna Teshaboyeva Xatirchi tumaniga tashrif buyurdi.

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Xatirchi tumaniga tashrif buyurdi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Alimdjanovna Teshaboyeva Xatirchi tumaniga tashrif buyurdi.
Tuman hokimi Umidjon Adizov mehmonlar bilan axborot-kutubxona markazi uchun barpo etilayotgan yangi bino hududida uchrashuv o‘tkazdi.
📍 Tashrif davomida tuman markazida qurilayotgan zamonaviy axborot-kutubxona markazi binosining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.
📖 Umida Alimdjanovna tumanda kitobxonlar uchun yaratilgan va yaratilayotgan sharoitlarni e’tirof etib, hali tumanimizni tark etmasdan turib, o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham bu boradagi ijobiy fikrlarini bildirib o‘tdi.
🌟 Xatirchi tumanida kitobxonlikni rivojlantirish va zamonaviy kutubxona infratuzilmasini yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.



