MEHNAT YARMARKASI
2026-04-11 09:00:00 / Yangiliklar
Xatirchi tumani “Galabek” MFYda ishsiz hamda “Ijtimoiy himoya reyestri”da turgan fuqarolar, shuningdek ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

MEHNAT YARMARKASI
Xatirchi tumani “Galabek” MFYda ishsiz hamda “Ijtimoiy himoya reyestri”da turgan fuqarolar, shuningdek ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Mahkamova, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi L. Xayrullayev ishtirok etdi.
👨💼Mazkur yarmarkada viloyat va tuman miqyosidagi jami 46 ta korxona va tashkilotlar, shuningdek xususiy sektor vakillari ishtirok etib, o‘zlaridagi 354 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Ishtirokchilar tomonidan mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish faoliyatiga oid ko‘rgazmali materiallar ham taqdim etildi.
✨Jumladan, eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari bilan Xatirchi tumanigi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari — 55 ta, kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish korxonalar — 160 ta ish o‘rni bilan qatnashdi.
💎Yarmarka davomida jami 130 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 34 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
✅Shuningdek, tadbir davomida 30 nafardan ortiq ish qidiruvchi fuqarolarga bandlik, mehnat munosabatlari va xorijda tashkil etilgan holda ishga joylashish masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.




