Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
2026-04-09 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun yurtimizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Xatirchi tumanidagi “Qoʻrgʻoncha” mahallasida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Bugun yurtimizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Xatirchi tumanidagi “Qoʻrgʻoncha” mahallasida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimligi, Madaniyat boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi Umidjon Adizov soʻzga chiqib, Sohibqiron bobomizning “Adolat – davlatning asosidir” tamoyili bugungi davlat siyosatining ham bosh mezoni ekanligini, ulugʻ siymoning hayot yoʻli yoshlar uchun yuksak jasorat va vatanparvarlik maktabi boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.
IJOD AHILIGA EHTIROM
Bayram tadbirlari doirasida tuman hokimi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Xudoyberdi Mamadiyorov xonadonida boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, X. Mamadiyorov uzoq yillar davomida Amir Temur hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etib, bu borada bir qancha salmoqli asarlar yaratgan ijodkordir.




