Xatirchida murojaatlar ijrosi tahlil qilindi
2026-04-07 09:00:00 / Majlislar
Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov rahbarligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

📢 Xatirchida murojaatlar ijrosi tahlil qilindi
Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov rahbarligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Asosiy masalalar:
✅ Kelib tushgan murojaatlarning hal etilish darajasi;
✅ Muddatidan o‘tgan arizalar tahlili va ijro intizomi;
✅ Muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish.
Tuman hokimi murojaatlarga yuzaki yondashayotgan mas’ullarni qat’iy ogohlantirib, har bir masala bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Maqsad — aholi muammolarini tezkor va sifatli hal etish.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI



