Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanida
2026-03-28 10:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanida bo‘lib, tuman hududidan o‘tuvchi Oqdaryo qirg‘oqlarining 1,2 kilometr hududini mustahkamlash, atroflarini obodonlashtirish, piyodalar yo‘lakchalarini qurish orqali tashkil etilayotgan “yashil” sayilgoh loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun: Birinchi bosqichda “Drayver” loyiha sifatida 5,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, daryo qirg‘oqlari mustahkamlash, ko‘cha chiroqlari va favvora o‘rnatish, 1,2 km uzunlikdagi ko‘chani va atrofini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
2-bosqichda esa 8,1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash, ko‘cha chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda 19 ta lotda yer maydonlari onlayn auksion platformasi orqali savdoga chiqarilib, g‘oliblar aniqlanib, qurilish ishlari bajarilmoqda.




