E’LON
2026-03-14 10:00:00 / Yangiliklar
E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaroriga muvofiq, Xatirchi tumanida 14 ta xonadonni energiya samarador shaklda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hokimligi barcha tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi.
Ta’mirlanadigan uy-joylar sonining ko‘pligi hamda ularni foydalanishga topshirish muddatlari qisqaligi inobatga olinib, qurilish materiallari yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish ishlari 4 bo‘limga ajratilgan holda tashkil etiladi.
I-obyekt
Ajratilgan mablag‘: 184 372 413 so‘m
Quyidagi xonadonlarga 1 nafardan tadbirkor biriktiriladi:
- Bog‘chakalon MFY – Boboyorova Lola
- Istiqlol MFY – Asadova Hayitgul
- Yangiqurilish MFY – Xasanov Sirojiddin
II- obyekt
Ajratilgan mablag‘: 264 151 643 so‘m
Quyidagi xonadonlarga 1 nafardan tadbirkor biriktiriladi:
- I. Karvon MFY – Alieva Xolida va Ro‘zimurodova Matluba
- Toshquloq MFY – Xasanova Dilnavoz
- Oq-oltin MFY – Shodieva Muhayyo
III- obyekt
Ajratilgan mablag‘: 286 697 596 so‘m
Quyidagi xonadonlarga 1 nafardan tadbirkor biriktiriladi:
- Koriz Arab MFY – Nosirova Dildora
- Kuchchi MFY – Raximova Nilufer
- Mirdosh MFY – Sherbo‘taeva Marifat
- Farovon MFY – G‘anieva Tursuntosh
- Yangirobot MFY – Yusupova Dildora
IV- obyekt
Ajratilgan mablag‘: 135 588 868 so‘m
Quyidagi xonadonlarga 1 nafardan tadbirkor biriktiriladi:
- Maydon MFY – Parmonova Kamola va Mavlonova Muhabbat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni talablariga asosan, joriy yilning 17-mart kuni eng yaxshi takliflar tuman hokimligida maxsus komissiya tomonidan tanlab olinadi.
Eslatma: amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati obyekt umumiy qiymatining 25 foizidan oshmasligi lozim.
