Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-27 14:55:00 / Majlislar
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashining XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Xatirchi_tuman_hokimligi/15904). Sessiya ishida tuman hokimi Umidjon Adizov ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashining XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimi Umidjon Adizov ishtirok etdi.
🗂 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1️⃣ Xatirchi tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish to‘g‘risida.
2️⃣ Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda 2026-yilda bajarilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.
3️⃣ Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
4️⃣ Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida.
5️⃣ Xatirchi tumanidagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida “Yashil bog‘lar” tashkil etish bo‘yicha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar hisobotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.




