RAMAZON — MEHR-MURUVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
2026-02-27 09:00:00 / Yangiliklar
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Xatirchi tumanida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

RAMAZON — MEHR-MURUVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
✨ Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Xatirchi tumanida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
✨ Jumladan, Ramazon oyi davomida ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda, iftorliklar tashkil etilmoqda hamda moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ushbu ezgu tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✨ Saxovat va bag‘rikenglik ayyomi bo‘lgan Ramazon oyida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik fuqarolarga ruhiy dalda berib, qalblarda ezgulik va umid tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.
🌙 Ramazon — yaxshilik va saxovat oyidir. Xatirchi tumanida bu muborak oy ezgu amallar bilan munosib tarzda o‘tkazilmoqda.


