"Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!"
2025-12-06 11:00:00 / Yangiliklar
Xatirchi tumani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

"Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!"
Xatirchi tumani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Umidjon Adizov ishtirok etib, yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi beqiyos ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lib, pasport olish huquqiga ega bo‘lgan yoshlarga tantanali ravishda fuqarolik pasportlari topshirildi. Ushbu jarayon bayramga yanada faxr va quvonch ruhini bag‘ishladi.
Tuman madaniyat bo‘limi xonanda va sozandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




