Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov Xitoylik investorlar bilan uchrashdi
2025-11-20 10:30:00 / Yangiliklar
Bugun Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan "Xinsheng Stone" kompaniyasi investorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov Xitoylik investorlar bilan uchrashdi
Bugun Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan "Xinsheng Stone" kompaniyasi investorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator investitsiyaviy loyihalar hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ushbu xorijiy korxona tomonidan qiymati 20 million dollarlik, granit toshlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish bo‘yicha taklif berildi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida 200 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Xatirchi tumani hokimligi Axborot xizmati

