“Jaholatga qarshi maʼrifat”
2025-11-19 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun tuman madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tadbirda Navoiy viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha o‘rinbosari Elyor Mardonov, Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov, hokim o‘rinbosarlari, taʼlim muassasalari rahbarlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
✔️ Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” ning mazmun-mohiyati keng yoritildi. Shuningdek, mamlakatimizda diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shundan so‘ng viloyat “Tafakkur” targʻibot markazi rahbari Jonibek Shuhratov mavzu yuzasidan maʼruza bilan chiqdi.
✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

