“XATIRCHI-UCHQORA ” GAZ TO‘LDIRISH SHAXOBCHASIDA ISH QIZG‘IN
2025-11-05 10:50:00 / Yangiliklar

“XATIRCHI-UCHQORA ” GAZ TO‘LDIRISH SHAXOBCHASIDA ISH QIZG‘IN
Xatirchi tumanida aholiga suyultirilgan gaz “Xatirchi- Uchqora” gaz to‘ldirish shahobchasi orqali yetkazib beriladi. GTSH sig‘imi kunlik 40-45 tonnani tashkil etadi. Bu yerdan tuman aholisiga kuniga 18,5 tonnagacha bo‘lgan suyultirilgan gaz maishiy gaz ballonlarda isteʼmolchilarga yetkaziladi.- Tumanimizda suyultirilgan gaz isteʼmolchilari soni 30 ming 639 tani tashkil etadi. ,- deydi GTSH muhandisi Ilhom Muqimov. – Kuniga gaz to‘ldirish shaxobchamizdan 14-18 tonna atrofida suyultirilgan gaz aholiga yetkazib beriladi. Bu esa bir kunda 800 tagacha xonadonga maishiy gaz ballonlar bilan taʼminlanishini ko‘rsatadi.
Shahobchada ham doimiy ish qizg‘in surʼatda davom etadi. Maishiy gaz ballonlarning avval og‘ir qoldig‘i to‘kilib, keyin suyultirilgan gaz bilan to‘ldiriladi. Jarayon shaffof olib boriladi. Bu yerda ham ishchi-xodimlar uchun kerakli sharoitlar yaratilgan.
Tumanda gaz taʼminoti sohasida olib borilayotgan bu kabi ishlar aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bir maromda taʼminlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Maʼlumot o‘rnida keltirish joiz, joriy yilning o‘tgan okbyabr oyida tuman isteʼmolchilariga 368 tonna, 800 kilogramm suyultirilgan gaz yetkazilishi taʼminlandi.




