30-iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2025-06-30 16:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o'rinbosari A.Abduraxmanov hamda inspeksiyadagi yosh xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, berilayotgan imkoniyatlar va yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
A.Abduraxmanov yaqinda (https://t.me/Uztransnazorat/5800?single) "Innovatsion g'oyalar - 2024" tanlovida sovrindor bo'lgan inspeksiya Bosh inspektori Jahongir Hakimovni yana bir bor qutlab, kelajakda g'oliblikni qo'lga kiritishida ishonch bildirildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.


