Toshkent davlat transport universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2025-06-23 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda 120 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar qatorida Transport nazorati inspeksiyasi ham ishtirok etdi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — bitiruvchi yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, yirik ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydonini yaratish va ularga real bandlik yo‘llarini taqdim etishdan iborat bo‘ldi.
Yarmarka doirasida bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti, stajirovka va ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar, rezyume tayyorlash bo‘yicha treninglar, frilans va masofaviy ish imkoniyatlari, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot, amaliyot o‘tash imkoniyatlari, huquqiy yo‘nalishdagi treninglar hamda davlat xizmatiga kirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






