Sayyor qabul
2025-06-02 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Namangan viloyatida Transport nazorat inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy boʻlimlari xodimlari tashabbusi bilan fuqarolar hamda tashuvchi korxonalar vakillari ishtirokida mavjud muammolarni aniqlab, bartaraf etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida tashuvchi korxonalar va yoʻl xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari vakillaridan tushgan murojaatlar tahlil qilinib, takliflar eshitildi.
Ijrosi qo‘shimcha muddat talab etadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha kerakli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.




