Rasmiy munosabat
2026-06-03 17:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumani Polvontosh MFYga qatnovchi haydovchilarning yo`l kira haqqini asossiz 10000 so'm qilib, o'zboshimcha belgilab olganligi holati yuzasidan Transport nazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo'limi o`rganib chiqib quyidagilarni ma`lum qiladi.
Murojaatga asosan, inspektorlari tomonidan mazkur hududda yo`lovchi tashuvchi avtotransport haydovchilarining amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari yuzasidan reyd va targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Yo‘l haqqi narxini asossiz oshirgan, noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan 10 dan ziyod haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddalari bo’yicha “Ma’muriy bayonnoma” rasmiylashtirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati


