Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari Xitoyda xalqaro seminarda ishtirok etmoqda
2026-05-26 10:43:00 / Yangiliklar

Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasini boshqarish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.Mintaqaviy transport tarmog‘ini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur tadbirda Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent davlat transport universiteti vakillari bilan birga Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.Ushbu yirik seminarda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan davlat xizmatchilari, olimlar hamda sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar temir yo‘l tizimiga joriy etilayotgan eng so‘nggi zamonaviy tendensiyalar hamda innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.Mazkur seminar transport-logistika sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda yirik mintaqaviy loyihalarni samarali boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashish maqsadida tashkil etilgan.




