Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
2026-05-18 11:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Avtomobil transportida nazorat Jizzax viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari ishtirokida masofadan videokonferens aloqa orqali profilaktik seminar-yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbir davomida sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, xizmat vazifalarini bajarishda halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish lozimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va xizmat faoliyati davomida odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

