🚆 “Temir yo‘l – xavfli hudud” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-05-15 10:00:00 / Yangiliklar

Qo‘qon temir yo‘l texnikumida yoshlar o‘rtasida temir yo‘l hududlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ogohlikni oshirish maqsadida “Temir yo‘l – xavfli hudud” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda:
🔹 Transportda nazorat inspeksiyasi temir yo‘l transportida nazorat Farg‘ona hududiy bo‘limi boshlig‘i — B.T. Xojiboyev;
🔹 Farg‘ona viloyati TXTB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik — M.M. Salimov;
🔹 Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi — A.A. Qaxxorov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida temir yo‘l hududlarida harakatlanish qoidalari, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda yoshlar orasida huquqbuzarlik va ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
⚠️ Temir yo‘l hududlarida ehtiyotkorlik — hayot xavfsizligi garovidir!



