Sirdaryoda yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi
2026-05-14 11:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida joylashgan Sirdaryo sanoat texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Transport boshqarmasi boshlig‘i v.b. B.Berdiyev, Transport nazorat inspeksiyasi Avtotransportda nazorat Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i A.Soatov hamda Yo‘l qurilishi ishlarini nazorat qilish boshqarmasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i I.Temirov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga transport va yo‘l qurilishi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sohada malakali kadrlarni tayyorlash masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Tadbir yoshlarni sohaga qiziqtirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda rahbarlar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.



