9-may – Xotira va qadrlash kuni
2026-05-12 16:06:00 / Yangiliklar

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari ishtirokida Amir Temur xiyobonida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda faxriylar, mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar hamda yosh avlod vakillari bir davrada jam bo‘ldi.
Tadbir davomida yurtimizda katta avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning boy hayotiy tajribasi va fidokorona mehnati haqida so‘z yuritildi. Faxriylar tomonidan yoshlarga vatanparvarlik, kasbga sadoqat, mas’uliyat va intizom borasida qimmatli tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlarni yurtga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Batafsil...


