Yoshlar kuni — tajriba va motivatsiya maydoni
2026-05-08 10:58:00 / Yangiliklar

“Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi”da “Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i D.Nurxojayev, soha mutaxassislari, tajribali ustozlar hamda yosh temiryo‘lchilar faol ishtirok etib, temir yo‘l tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mehnat xavfsizligi, signalizatsiya va aloqa tizimlarining ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida temir yo‘l infratuzilmasida harakat xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy signalizatsiya va aloqa qurilmalarining ishlash prinsiplari haqida batafsil so‘z yuritildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda ularda sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.


